AsosiyBu qiziq

Qozog‘istonda noyabr oyida 54 yillik harorat rekordlari yangilandi

Joriy yilning noyabr oyida Qozog‘iston hududlarida ob-havo g‘ayrioddiy darajada iliq bo‘lib, bir qator meteorologiya stansiyalarida ko‘p yillik harorat rekordlari qayd etildi.

'Qozog‘istonda noyabr oyida 54 yillik harorat rekordlari yangilandi'ning rasmi

“Qazgidromet” ma’lumotlariga tayanib xabar berilishicha, noyabr oyining ikkinchi yarmida mamlakatning turli hududlarida maksimal havo harorati bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan. Xususan, 14 noyabr kuni Aqto‘be viloyatidagi meteorologiya stansiyasida havo harorati +13,2 darajaga etib, 2023 yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan oshib ketgan. Oradan bir kun o‘tib, 15 noyabrda bu ko‘rsatkich yana yangilanib, +11,4 darajani tashkil etgan.

Shimoliy va markaziy hududlarda ham nooddiy iliq ob-havo kuzatilgan. Ko‘kshetau shahrida 19 noyabr kuni +8,3 daraja qayd etilib, 1977 yilgi rekord ortda qoldirilgan. 23 noyabr kuni esa havo +5,2 daragacha isigan.

Jezqazg‘an shahrida uch kun ketma-ket — 24–26 noyabr kunlari maksimal harorat bo‘yicha yangi rekordlar qayd etilgan. Qarag‘anda shahrida esa 26 noyabr kuni +9,4 daraja harorat kuzatilib, bu 1971 yilgi ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, sinoptiklar noyabr oyida ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik, qor, tuman, muzlama va bo‘ronli shamollar kuzatilganini ma’lum qildi. Ayrim joylarda qisqa muddatda oylik yog‘in me’yorining yarmiga yaqin qismi yog‘qani qayd etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 08:06

    Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

    23 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Bugun ayrim hududlarda qor yog‘adi'ning rasmi

    Bu qiziq 22.12.2025 00:30

    Bugun ayrim hududlarda qor yog‘adi

    22 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.12.2025 11:34

    Trump “green kard” lotereyasi dasturini vaqtincha to'xtatdi

    AQSHda sodir bo‘lgan ommaviy otishmalar ortidan “green kard” lotereyasi dasturi to‘xtatildi

    '2025 йилда энг кўп чақалоқ қайси ҳудудда туғилди?'ning rasmi

    Bu qiziq 19.12.2025 10:29

    2025 йилда энг кўп чақалоқ қайси ҳудудда туғилди?

    Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish qayd etildi.

    'Bugun ham ayrim hududlarda qor yog'adi'ning rasmi

    Bu qiziq 19.12.2025 07:55

    Bugun ham ayrim hududlarda qor yog'adi

    19 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    'Eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.12.2025 17:59

    Eng xavfsiz mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

    "Global Peace Index" 2025 hisobotiga ko'ra, dunyoda tinchlik darajasi pasayishda davom etmoqda.