Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (FVB) xodimi o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.
Bildirilishicha, 25 noyabr kuni Bo‘stonliq tumani “G‘azalkent” MFYda irodasidan tashqari holatda FVB profilaktika inspektori, katta leytenant 25 yoshli H.B. dalahovlida arqon bilan o‘zini bo‘yin sohasidan osib qo‘ygan holda topilgan.
O‘z joniga qasd qilish sabablarini aniqlish maqsadida sud-texnik ekspertiza tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmogda.






