AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlariga Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun nufuzli xalqaro mukofot topshirildi.

'Mirziyoyev Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif doirasida Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadi Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mukofot Rossiya Prezidenti Vladimir Putin huzurida uning hay’ati raisi, dirijyor Valeriy Gergiev tomonidan topshirildi.

Uch mamlakat yetakchilari Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma hamda Abadiy do‘stlik deklaratsiyasining imzolanishi mintaqada barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar