AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn xaritada tekshirish mumkin

O‘zbekistonda qurilayotgan ob’yektlar haqida ma’lumot olish uchun onlayn-xarita ishga tushdi.

'Oʻzbekistonda qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn xaritada tekshirish mumkin'ning rasmi

Buning uchun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan yaratilgan DShQ.shaffofqurilish.uz platformasiga kirish lozim. Saytda foydalanuvchi tanlagan hudud, masalan, Farg‘ona viloyati yoki ma’lum bir tuman, interaktiv xaritada alohida ranglar bilan ajratilgan zonalar ko‘rinishida aks etadi.

Unda barcha qurilayotgan ob’ektlar uch toifaga ajratilgan:

qizil — qurilishi to‘xtatilgan;

ko‘k — qurilish jarayonida bo‘lgan;

qora — muzlatilgan (bekor qilingan) qurilish loyihalari.

Foydalanuvchilar ob’ektlarni kadastr ma’lumotlari orqali qidirishi, shuningdek, sohalar bo‘yicha saralash mumkin. Noqonuniy qurilish ob’ektlari alohida ajratilib, aniqlandan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan. Har bir ob’ekt ustiga bosish orqali uning rejalashtirilgan rivojlanish yo‘nalishlari, infratuzilma o‘zgarishlari va boshqa muhim ma’lumotlarni ko‘rish mumkin. Xaritani oddiy yoki sputnik rejimida ko‘rish imkoniyati bor.

Bundan tashqari, QR pasportni ko‘rish tugmasini bosib yoki QR-kodni telefon orqali skanerlab, ob’ektga oid hujjatlarni ko‘rish va ushbu hujjatlar orqali binoning necha qavatdan iborat bo‘lishi, maydoni, unga sarflanayotgan mablag‘ haqida ham barcha ma’lumotlarni olish mumkin.

Undа qurilishga ruxsat olingan sana, loyiha va pudrat tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar, ekspertiza xulosalari va arxitektura-shaharsozlik kengashi qarorlari raqamlari, qurilish ishlarining taxminiy tugallanish muddati ham aks ettirilgan.

Ushbu platforma orqali yer, uy yoki boshqa binolarning qizil chiziqqa, ya’ni buzilishga tushgan-tushmaganini ham aniqlish mumkin. Buning uchun ob’ekt kadastr raqamini kiritish lozim. Xaritada uning joylashuvi va ma’lumotlari ko‘rinadi. Agar buzilishga tushgan bo‘lsa, mana bu ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni ustida qizil chiziq aks etadi (ushbu ob’ekt joylashgan yerdan yo‘l o‘tadi).

Agar hudud bosh rejasi hali tasdiqlanmagan yoki ko‘rilmoqchi bo‘lgan ob’ekti Kadastr agentligining UzKad tizimiga kiritilmagan bo‘lsa, hozircha yer, uy yoki boshqa binolarni qizil chiziqqa tushgan-tushmaganini ko‘rib bo‘lmaydi. Jarayon yakunlangach, bemalol aniqlish mumkin.

Xaritada ob’ektlarning seysmik darajasini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar