AsosiyJamiyat

Xitoydan olib kelingan mahsulotlar nima sababdan chegarada ushlab qolinayapti?

Rasmiylar izoh berdi.

'Xitoydan olib kelingan mahsulotlar nima sababdan chegarada ushlab qolinayapti?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xitoydan olib kelingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chegarada asossiz ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy izoh berdi. 

Unga ko‘ra, Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati bilan kelishuv asosida qalbaki fitosanitar sertifikat orqali mahsulotlar importining oldini olish maqsadida yangi namunadagi sertifikat tasdiqlangan.

Yangi sertifikatda tegishli xalqaro standartga muvofiq mahsulotning markirovka raqamini ko‘rsatish shart qilib qo‘yilgan. Fitosanitar sertifikatlarning haqqoniyligi Xitoyning “E-Cert” elektron tizimi orqali tekshiriladi, bu esa jarayon shaffof va tezkor bo‘lishini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, ushbu xorijiy mamlakatdan import qilinadigan mandarin mahsuloti uchun alohida reestr shakllantirilgan bo‘lib, tegishli hududlarning fitosanitar xavfsizligi tasdiqlangan.

Bunda import qilinadigan mandarinlar uchun sertifikatda ta’minotchi bog‘ning ro‘yxatdan o‘tgan raqami hamda qadoqlash korxonasining ro‘yxatdan o‘tgan raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak, deyiladi izohda. 

    Boshqa yangiliklar