AsosiySiyosat

Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation” kompaniyalari rahbarlarini qabul qilib, tog‘-kon, sanoat va infratuzilma sohalaridagi qo‘shma loyihalar istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

'Mirziyoyev Yaponiyaning JOGMEC va ITOCHU bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi'ning rasmi

Uchrashuvda “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation”ning Navoiy hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini o‘zlashtirishdagi ishtiroki yuqori baholandi.

Shuningdek, istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma yo‘nalishlarida ko‘p yillik samarali hamkorlik tajribasiga ega.

Yaponiyaga o‘ta muhim minerallarni eksport qilish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani alohida ta’kidlandi. 

Tomonlar suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik asosidagi yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga ham e’tibor qaratdi.

    Boshqa yangiliklar