Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oltin quymalarning mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik” chegarа bojxona posti yaqinida Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan T.T. to‘xtatilib, unga tegishli xo‘jalik qopi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida temir qoplama avtomobil ehtiyot qismlari ichiga yashirilgan jami 7 kg 784 gramm oltin bo‘laklari aniqlandi.
Baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning umumiy qiymati 12 milliard 465 million so‘mdan oshadi. Aniqlanishicha, oltinlar Toshkent shahridan yuborilgan bo‘lib, Qirg‘izistondagi shaxsga yashirin yo‘l bilan etkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda oltinning haqiqiy egalari aniqdanmoqda.






