Yaponiyaning nufuzli The Japan News gazetasi tonggi sahifalarida “O‘zbekiston chorrahada: Qanday qilib Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda va bu Yaponiya uchun nimani anglatadi?” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekiston mintaqani birlashtirayotgan lokomotiv davlat sifatida tasvirlanib, mintaqa yetakchilarining muntazam uchrashuvlari, chegaraviy kelishuvlar, infratuzilma va savdo integratsiyasi muhim omillar sifatida qayd etilgan.
Shuningdek, Yaponiya O‘zbekistonni ishonchli strategik hamkor hamda butun Markaziy Osiyoga chiqish uchun muhim darvoza sifatida ko‘rayotgani ta’kidlangan.
Nashrda transport, energetika, raqamli infratuzilma va xavfsizlik yo‘nalishlarida O‘zbekistonning markaziy o‘rni alohida urg‘u bilan ko‘rsatib o‘tilgan.






