AsosiyJamiyat

Turkistonda ko‘prik qulab tushdi.

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Keles daryosi ustidagi ko‘prik qulashi sabab harakat vaqtincha to‘xtatildi.

'Turkistonda ko‘prik qulab tushdi.'ning rasmi

18 dekabr kuni Turkiston viloyati Keles tumaniga qarashli Qo‘shqaro‘ta qishlog‘ida Keles daryosi ustida joylashgan ko‘prik qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligiga tayanib, “Orda.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisadan oldin ko‘prikda yoriqlar paydo bo‘lgani sezilib, xavfsizlik maqsadida transport harakati to‘xtatilgan. Ayni paytda voqea joyida favqulodda vaziyatlar xizmati, ichki ishlar organlari hamda mahalliy hokimiyat vakillari ish olib bormoqda.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, ko‘prikning qulashiga uning uzoq yillar davomida foydalanilgani va tayanch ustunlari ostining suv oqimi ta’sirida yuvilib ketgani sabab bo‘lgan. Ko‘prik hozirda favqulodda tartibda ta’mirlanmoqda.

Ayni vaqtda haydovchilarga Alpomish va Birtole‘k qishloq okruglari orqali 10–15 kilometrli aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

    Boshqa yangiliklar