AsosiyDunyo

ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan 20-sanksiyalar paketini qabul qildi. Yangi cheklovlar doirasida 17 nafar jismoniy va yuridik shaxs sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi.

'ЕИ Россияга қарши 20-санкциялар пакетини тасдиқлади'ning rasmi

EY rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, qaror 15 dekabr kuni a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma’qullangan. Mazkur sanktsiyalar, asosan, Rossiyaning "soya floti" hamda internetdagi axborot operatsiyalariga qarshi yo‘naltirilgan. Ro‘yxatga ilk bor AQSh fuqarosi ham kiritildi.

Xususan, MGIMO xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Andrey Sushenkov, "Valday" klubi bilan bog‘liq bir qator shaxslar, rossiyalik va xorijiy ekspertlar, shuningdek, ukrainalik jurnalist Diana Panchenko va Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik Jon Mark Dugan sanktsiya ostida qoldi.

Bundan tashqari, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh razvedka boshqarmasining uch nafar ofitseriga, shuningdek, BAA va Vetnamga tegishli uchta kema qatnov kompaniyasiga nisbatan ham cheklovlar joriy etildi.

    Boshqa yangiliklar