AsosiyJamiyat

Meksikada kichik samolyot quladi

Voqea ortidan kamida 7 kishi halok bo‘lgan.

'Meksikada kichik samolyot quladi'ning rasmi

"The Telegraph" xabariga ko'ra, samolyot Tinch okeani sohilida joylashgan Akapulko shahridan parvoz qilgan va Mexikodan taxminan 50 kilometr g'arbdagi San-Mateo-Atenko sanoat hududi yaqinida qulagan. Ma'lum qilinishicha, uchish apparati futbol maydoniga qo'nishga harakat qilgan, ammo yaqin atrofdagi korxonaning metal tomiga urilib ketgan. Natijada kuchli yong'in kelib chiqqan. Shtat Fuqaro muhofazasi koordinatori Adrian Ernandesning aytishicha, samolyotda sakkiz nafar yo'lovchi va ikki nafar ekipaj a'zosi bo'lgan. Halokatdan keyin kamida yetti nafar insonning jasadi topilgan. Yong'in sabab atrofdagi hududdan 130 nafarga yaqin aholi evakuatsiya qilingan. Hodisa sabablari hozirda o'rganilmogda.

    Boshqa yangiliklar