AsosiyBu qiziq

Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida

Tengsizlik keskin kuchaymoqda, olimlar tezkor choralar ko‘rishni talab qilmoqda.

'Dunyo boyliklarining 75 foizi atigi 10 foiz aholi qo‘lida'ning rasmi

"Jahon tengsizliklari 2026" hisobotiga ko'ra, dunyo boyliklarining to'rtdan uch qismi atigi 10 foiz aholiga tegishli. Mutaxassislarning aytishicha, boylar va kambag'allar o'rtasidagi tafovut bu yil yanada chuqurlashgan: bor-yo'g'i 60 ming kishi — dunyo aholisining 0,001 foizi — eng kambag'al aholining yarmidan uch baravar ko'p boylikka egalik qiladi.

Hisobotda eng boy 1 foizning qolgan 90 foizga nisbatan ancha katta moliyaviy ustunlikka ega bo'lgani qayd etildi. Tadqiqotchilar bunday tafovut iqtisodiy barqarorlikka havf tug'dirayotganini aytib, ta'lim, sog'liqni saqlash, samarali soliq tizimlari va qayta taqsimlash dasturlarini kuchaytirishni taklif qilmokda.

Boylar eng ko'p yashaydigan davlatlar orasida Shveysariya millionerlari ulushi bo'yicha birinchi o'rinda turadi — katta yoshli aholining 16,45 foizi kamida 1 million dollarlik aktivlarga ega. Shuningdek, Lyuksemburg va Gonkong ham yuqori boylik to'plangan mintaqalar sifatida ko'rsatildi.

Millionerlar soni bo'yicha esa AQSh yetakchilik qilmokda — 22 milliondan ortiq. Xitoyda 6,3 million, Frantsiya, Yaponiya va Germaniyada esa 2,7–2,9 million millioner bor. Biroq aholisi kam bo'lgan boy davlatlarda millionerlar ulushi ancha yuqori.

Aksincha, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika, Janubiy Osiyo va Markaziy Amerikada millionerlar ulushi deyarli nolga teng. Markaziy Osiyoda ro'yxatga faqat Qozog'iston kirgan.

Forbesning yangilangan ro'yxatiga ko'ra, dunyoning eng boy odamlari uchliligida o'zgarish kuzatildi: Google asoschilari Larri Peyj (275 mlrd dollar) va Sergey Brin (258 mlrd dollar) Ilon Mask (442 mlrd dollar) ortidan ikkinchi va uchinchi o'rinlarga ko'tarildi. Ularning boyligining keskin oshishiga Googlening sun'iy intellektdagi muvaffaqiyatlari va Nano Banana neyrotarmog'i sabab bo'lgani ta'kidlanmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun ob-havo qanday?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:05

    Bugun ob-havo qanday?

    "O'zgidromet" ob-havo prognozini ma'lum qildi.

    'Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 10:56

    Jahon chempionati chiptalari narxi qancha?

    FIFA rahbari JCH chiptalari narxi bo‘yicha izoh berdi.

    'Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 03:51

    Ilon Mask sun’iy intellekt sabab AQSH aholisiga pul to‘lashni taklif qildi

    Milliarderning fikricha, robototexnika va sunʼiy intellekt rivoji tovar va xizmatlar hajmini keskin oshiradi, shu bois bu jarayon inflyatsiyaga olib kelmaydi.

    'Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda'ning rasmi

    Bu qiziq 18.04.2026 02:56

    Oʻzbekistonda dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo kutilmoqda

    Bu haqida Oʻzgidromet tomonidan eʼlon qilingan prognozda maʼlum qilindi.

    'Bugun ham yomg‘ir yog‘maydi'ning rasmi

    Bu qiziq 16.04.2026 02:47

    Bugun ham yomg‘ir yog‘maydi

    “O‘zgidromet” ob-havo prognozini ma’lum qildi.

    'Bugun qayerlarga yomg‘ir yog‘maydi?'ning rasmi

    Bu qiziq 15.04.2026 02:49

    Bugun qayerlarga yomg‘ir yog‘maydi?

    “O‘zgidromet” ob-havo prognozini ma’lum qildi.