AsosiyJamiyat

Mirziyoyev Turkmanistonga ketadigan bo‘ldi

Xo'sh, O'zbekiston yetakchisi nega Turkmanistonga tashrif buyuradi?

'Mirziyoyev Turkmanistonga ketadigan bo‘ldi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhammadovning taklifiga binoan 11-12 dekabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025 yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan tadbirda xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti forumning "Tinchlik va ishonch: barqaror kelajak yo‘lidagi maqsadlar mushtarakligi" mavzusida yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

    Boshqa yangiliklar