AsosiyJamiyat

Olmazorda soliq inspektorlari tadbirkordan pora talab qilishda qo‘lga tushdi

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

'Olmazorda soliq inspektorlari tadbirkordan pora talab qilishda qo‘lga tushdi'ning rasmi

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘tkazgan tezkor tadbirda 10 mln so‘m talab qilgan ikki soliq inspektori ashyoviy dalillar bilan ushlanibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahar Olmazor tumani Soliq inspektsiyasining ikki nafar bosh inspektori eshik va romlar ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada tekshiruv o‘tkazgan. Ular go‘yoki korxona har oyda kam soliq to‘lab kelayotganini bahona qilib, unga nisbatan jarima qo‘llamaslik evaziga tadbirkordan 10 million so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektorlar talab qilingan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar