AsosiyJamiyat

Kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi

Comex биржасида кумуш нархи бир сутка ичида кескин ошиб кетди.

'Kumush narxi tarixiy rekordni yangiladi'ning rasmi

Bugun, 10 dekabr kuni mart oyida yetkazib beriladigan kumush fyucherslari Comex savdolarida 1,94 foizga qimmatlab, untsiyasi 62,02 dollarga yetdi.

Bloomberg yozishicha, kecha kumush narxi tarixda birinchi bor 60 dollardan oshib, bozorda talabning keskin ko‘tarilayotganini ko‘rsatdi.

Mutaxassislar buni global taklif yetishmovchiligi, AQShning yangi boj siyosati, geosiyosiy noaniqlik va Federal rezervning foiz stavkalarini pasaytirishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda. Yil boshidan beri kumush narxi ikki baravardan ko‘proqqa oshgan — oltin esa 60 foizga qimmatlagan.

Tahlilchilarga ko‘ra, qazib olish hajmi oshishi kutilayotgan bo‘lsa-da, kumush bozori 2025 yilda ham ketma-ket beshinchi yil tanqislikda qolishi mumkin.

Ba’zi ekspertlar hatto narxning untsiya uchun 100 dollarga yetishi ehtimolini ham istisno qilmayapti.

    Boshqa yangiliklar