AsosiyJamiyat

Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi.

Ayni vaqtda Prezident Qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

'Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi.'ning rasmi

Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerdа 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi. 

Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi. 

G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor. 

Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi. 

Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi.

So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda. 

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi. 

Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdiqidir. 

Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi. 

Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi. 

Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilasda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Gazodada bolalar ochlikdan azob chekmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:45

    Gazodada bolalar ochlikdan azob chekmoqda

    Sulhga qaramasdan vaziyat og'irlashmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:56

    'Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Toshkentda avtobus va Haval urib ketgan piyoda voqea joyida halok bo‘ldi

    Mirzo Ulug'bek ko'chasida kechasi sodir bo'lgan YTHda avtobus zarbasidan yo'lning qarama-qarshi tomoniga yiqqilgan piyodani Haval ham bosib ketdi.

    'Sirdaryodagi 1500 MVT IES uchun Yaponiyadan yangi rotor yetib keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:15

    Sirdaryodagi 1500 MVT IES uchun Yaponiyadan yangi rotor yetib keldi

    114 tonna ogʻirlikdagi qurilma bevosita aeroportdan stansiya maydoniga etkazilgan.

    'Qamchiq dovoni qor ko'chkisi xavfi tufayli vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    Qamchiq dovoni qor ko'chkisi xavfi tufayli vaqtincha yopildi

    FVV hududda xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 09.12.2025 22:03