Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Sichuan provinsiyasida bir sayyoh qoyatosh devorida 20 dan ortiq qadimgi dinozor izlarini aniqladi. Keyinchalik ularning haqiqiyligi Xitoy Geologiya fanlari universiteti tadqiqotchilari tomonidan tasdiqlangan.
Tadqiqot guruhi rahbari Sin Lida ning aytishicha, topilmaning eng muhim jihati — izlar bir nechta qatlamlarda saqlanagini. Bu esa dinozorlarning mazkur hududda uzoq vaqt yashaganini taxmin qilish imkonini beradi.
Olimlar teropod — go‘shtxor dinozorlar qoldirgan izlar, shuningdek, arxozaur-reptiliyalarga xos xiroteriy tipidagi izlarni aniqlagan. Izlar yaqinidan qazilma yog‘och qoldiqlari — yiqqilgan daraxtlar va qadimiy tik kesaklar ham topilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu topilmalar o‘sha davr ekotizimi haqida qimmatli ma’lumot beradi va Xitoy hududida dinozorlar evolyutsiyasini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.






