AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mamlakatta jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni sezilarli oshgan.

'Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni qanchaga etgani ochiqlandi'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725,9 ming dona avtomobil ro‘yxatda turibdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 415 mingdan ortiq mashinaga ko‘paygan.

Transport vositalarining asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi — ularning ulushi 92,9 foizni yoki 4 mln 392,4 ming donani tashkil qildi. Shuningdek:

– yuk avtomobillari — 312,7 ming dona; – mikroavtobuslar — 7,5 ming dona; – maxsus texnikalar — 7,3 ming dona; – avtobuslar — 6 ming dona.

Mutaxassislar fikricha, avtomobillar sonining bunday sur’atlarda o‘rtishi infrastruktura va yo‘l harakati boshqaruvida yangi talablarni yuzaga keltiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:19

    Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak qo'lga olindi

    Sud jarayonida olingan 200 ming so‘m pul dalil sifatida davlat hisobiga o‘tkazilgan.

    'Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:50

    Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Ushbu holat yuzasidan fuqaroga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    '"O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:38

    "O'zgidromet" xususiy datchiklar bo'yicha ogohlantirdi

    Koʻplab shaxsiy sensorlar notoʻgʻri oʻrnatilgani sabab maʼlumotlarda katta farq kuzatilmoqda.

    'Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 21:15

    Javohir Sindorov 4-turda Karuanani mag'lub etdi

    "Freestyle Chess Grand Slam" musobaqasining Keyptaunda boʻlib oʻtayotgan saralash bosqichida Javohir Sindorov qora donalarda dunyoning uchinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuanani magʻlub etdi.

    'Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 17:57

    Oʻzbekiston Rossiya makaron mahsulotlari importini oshirdi

    Rossiya 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida makaron mahsulotlari eksportini 21 foizga oshirdi.

    'Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.'ning rasmi

    Jamiyat 08.12.2025 17:25

    Toshkentda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi.

    Jabralanuvchi hodisani telefoniga suratga olgan va sudda erkak o‘z aybini tan olmagan.