7 dekabr kuni soat 16:31 da Namangan viloyatida yana zilzila sodir bo‘ldi. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Pop tumani bo‘lib, unda yer silkinishi 3 ballni tashkil etdi. Dang‘ara tumanida esa 2 ball atrofida sezildi.
Avvalroq, 6 dekabr kuni ham Namangan viloyati hududida ikki marta yer silkinishi qayd etilgan bo‘lib, zilzila Pop tumanida 4 ball bilan sezilgan. Tun soat 2:04 da Pop tumanidagi yana bir zilzila 5 ballni tashkil etgan bo‘lib, Namanganda 3 ball, Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida 2–3 ball, Toshkent va Sirdaryoda esa 2 ball atrofida sezilgan.
Mutasaddilar zilzilalarning oqibatlari bo‘yicha monitoring olib bormoqda.






