AsosiyJamiyat

19 yildan buyon qidiruvda bo'lgan o'zbekistonlik ayol Turkiyada qo'lga tushdi

53 yoshli ayol 2006 yildan beri jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarga oid jinoyat bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.

'19 yildan buyon qidiruvda bo'lgan o'zbekistonlik ayol Turkiyada qo'lga tushdi'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 1962 yilda tug‘ilgan A.D. 2006 yildan beri jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarga oid jinoyat bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u Turkiyaning Istanbul shahrida yashiringani aniqlandi, qo‘lga olindi va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan — jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish harakatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qohira Interpol milliy markaziy byurosi hamkorligida Misrda qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ham ushlangan. Shu bilan birga, Vyetnamdan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bilan qidiruvda bo‘lgan fuqaro ham Interpol kanallari orqali O‘zbekistonga olib kelingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Namanganda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 20:20

    Namanganda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi

    Zizila Namangan viloyatining Pop va Dang‘ara tumanlarida yer silkinishi qayd etildi.

    '"TEXNOPARK" MChJ rahbariga havoni ifloslantiryotganligi sababli chora koʻrildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 18:57

    "TEXNOPARK" MChJ rahbariga havoni ifloslantiryotganligi sababli chora koʻrildi

    Korxonada chang-gaz tozalash uskunasi bo‘lsa-da, u me’yordan ortiq chiqindilarni havoga chiqarayotgani, ekologik ekspertiza xulosasi olinmaganligi aniqlandi.

    'Andijon hokimi kanalida 18+ rasmlar tarqalganiga izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 18:04

    Andijon hokimi kanalida 18+ rasmlar tarqalganiga izoh berildi

    Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    'Buxoroda sex portlab ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 15:07

    Buxoroda sex portlab ketdi

    Ushbu mudhish hodisa ortidan 4 kishi halok bo‘lgan.

    '"Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 14:10

    "Bo‘lsa xafa qilaman" — Qo‘rg‘ontepa hokimi bemorni dorixonaga yubormaslikni buyurdi

    Ҳолат юзасидан тиббиёт бирлашмаси раҳбари изоҳ берди.

    'Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.12.2025 11:43

    Toshkent metro bekatlarida kassalar yopiladi

    Xo'sh, endi fuqarolar metroga qanday to'lov qiladi?