Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yujsyan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish, shuningdek, ikki davlat aloqalarining dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarini rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmogda. Uchrashuvda ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish masalasiga alohida urg‘u berildi.
Tomonlar yaqin aloqalarni davom ettirish, qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish va istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish zarurligini qayd etdi.
Bundan avval Saida Mirziyoyeva ACWA Power kompaniyasi raisi va Vision Invest kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan ham uchrashuv o‘tkazib, energetika, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi loyihalarni muhokama qilgandi.






