AsosiyDunyo

Qashqadaryoda YPH inspektorini obro‘sizlantirishga uringanlarga jazo belgilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda YXH hodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatgan ikki fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi.

'Qashqadaryoda YPH inspektorini obro‘sizlantirishga uringanlarga jazo belgilandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektori shaxsi va obro‘yiga putur yetkazish maqsadida videomaterial tarqatgan ikki nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llandi.

Rasmi ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolardan biri 10 sutkaga, boshqasi esa 7 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Mazkur holat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘rganilib, qonun doirasida tegishli chora ko‘rilgani aytilmoqda.

Mutasaddiylar fuqarolarga murojaat qilib, har qanday shaxsni ataylab obro‘sizlantirish yoki yolg‘on ma’lumot tarqatish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

    Boshqa yangiliklar