Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika ob’yektlari va loyihalarini ishga tushirish marosimida so‘zlagan nutqida iqtisodiyot va aholining ortib borayotgan talabi fonida energetika tizimi izchil isloh qilinayotganini ta’kidladi.
Davlat rahbarining aytishicha, sohada ikki asosiy maqsad belgilangan: barcha hududlarni ishonchli va uzluksiz elekt bilan ta’minlash hamda bu jarayonni zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida amalga oshirish.
So‘nggi yillarda tizimga 35 milliard dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi, 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi. Natijada elekt ishlab chiqarish hajmi 2017 yildagi 60 mlrd kVt/soatdan bu yil 85 mlrd kVt/soatga yetdi.
Shuningdek, qariyb 5 ming megavattli quyosh va shamol stantsiyalari, 400 megavattli gidroquvvatlar ekspluatatsiyaga topshirilgani ma’lum qilindi. Jami generatsiyada “yashil” energiya ulushi 2025 yilda 30 foizga etkazilishi kutilmogda.






