AsosiyJamiyat

Ziroat Mirziyoyeva 61 yoshni qarshi oladi

Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bugun, 4 dekabr kuni 60 yoshni nishonlamoqda.

'Ziroat Mirziyoyeva 61 yoshni qarshi oladi'ning rasmi

U yillar davomida ijtimoiy, xayriya va ekologik yo‘nalishdagi loyihalarga boshchilik qilib, mamlakatta inklyuziv muhit yaratishga hissa qo‘shib kelmoqda.

Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Yoshlikda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida tahsil olgan, aynan shu yerda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — hozirgi prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tanishgan.

Oilada uch farzand voyaga yetgan: to‘ng‘ich qizi Saida 1984 yilda, ikkinchi qizi Shahnaza 1986 yilda tug‘ilgan. Kenja farzandi — Miralisher — 2009 yilda dunyoga kelgan. Ziroat Mirziyoyeva bugungi kunda 6 nabiraning buvisidir.

Birinchi xonim 2020 yildan buyon "Zamin" xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi sifatida faoliyat yuritib, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘maklashish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Fond dastlabki yillarda 5 mingdan ortiq ayolga yordam ko‘rsatgan.

Ziroat Mirziyoyeva xalqaro maydondagi tashriflarda ham faol. Uning ilk xorijiy safari Xitoyga to‘g‘ri kelgan. Keyingi yillarda Turkiya, Qatar, Ozarbayjon kabi davlatlarda tashkil etilgan yirik forum va sammitlarda ishtirok etgan. O‘tgan oy esa Prezident Mirziyoyev bilan birgalikda Bokuda bo‘lib o‘tgan COP29 sammitida qatnashdi.

U 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti doirasida xorijiy birinchi xonimlarni "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumiga mezbonlik ham qilgan.

Mirziyoyeva oilaviy hayotdagi soddagina lavhalari bilan ham jamoatchilikka tanish. Ba’zan farzandlari ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy suratlarni ulashadi. 2022 yilda qizi Shahnaza onasining norin tayyorlayotganini aks ettirgan fotosuratni e’lon qilgan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:41

    Abbos Aroqchi: “Agar rahbar o‘ldirilsa ham, tizim barqaror qoladi”

    Eron TIV rahbari mamlakat boshqaruv tizimi alohida shaxslarga bog'liq emasligini ta'kidladi.

    'Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:38

    Bugun respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    “O‘zgidromet” 26 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

    'Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:05

    Fargʻonadagi bogʻchada bolani tok urdi

    Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgani aytilmoqda.

    'Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:51

    Temuriylar tarihi davlat muzeyi rekonstruksiya sabab vaqtincha yopildi

    Muzeyda rekonstruksiya va yangi ekspozitsiya yaratish ishlari boshlanishi munosabati bilan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatildi.

    'Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:36

    Sirdaryoda quturgani aytilgan it vahshiylarcha kaltaklandi

    Ҳолат юзасидан ниналар маълум?

    'Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:03

    Bugun o‘zbekistonliklar sayyoralar paradini kuzatdi

    Osmonda bir vaqtning o'zida 6 ta sayyora saf tortadi, ulardan 4 tasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin.