AsosiySiyosat

Jamshid Qoʻchqorov byudjet tashchilligi boʻyicha gapirdi

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri byudjet taqchilligi haqida fikr bildirdi.

'Jamshid Qoʻchqorov byudjet tashchilligi boʻyicha gapirdi'ning rasmi

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda byudjet taqchilligi YAIMga nisbatan 5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2026 yilda 59 trln so‘mlik taqchillik 3 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Qo‘chqorov ta’kidlaganidek, taqchillik doim bo‘lishi shart emas va profitsit bilan byudjetni bajarish ham har doim yaxshi natija bermagan. Oldingi yillarda kredit va islohotlar yo‘qligi, so‘m erkin konvertatsiya qilinmasligi va murakkab soliq siyosati bu holatga sabab bo‘lgan.

Byudjet taqchilligining 3 foiz darajasida bo‘lishi optimal deb hisoblanadi: bu davlat qarzining mo‘‘tadil o‘sishini ta’minlaydi va defolt xavfini kamaytiradi.

Taqchillik o‘z vazifasini iqtisodiy o‘sish va fiskal rag‘batlantirishga xizmat qilganda bajardi. Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish sur’ati bu yil 7 foizidan kam bo‘lmaydi, XVJ esa 7,3 bo bo‘lishini prognoz qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar