Soat 08:00 holatiga ko‘ra, poytaxtning ko‘pgina hududlarida havoning ifloslanish indeksi (AQI) 70–99 ni tashkil qilmoqda, bu “umumiy” (moderate) darajaga to‘g‘ri keladi.
IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, PM2.5 zarralari kontsentratsiyasi tavsiya etilgan Yevropa va JSST me’yoridan 3–8 baravar yuqori. Shu bilan birga, avvalgi kunlarda havoning ifloslanishi “o‘ta xavfli” darajada bo‘lgan.
Klimatolog Erkin Abdulahatovning aytishicha, mamlakatga kirib kelgan iliq havo massalari “inversiya” hodisasini bloklagan va bu PM2.5 zarralarining poytaxtdagi kontsentratsiyasini keskin pasayishiga olib kelgan.
Oldinroq, “O‘zgidromet” havoning ifloslanishini aynan bu inversiya tufayli yuzaga kelgani haqida ma’lumot bergan edi.






