AsosiySiyosat

Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi bo‘ldi

Жиззах вилоятида ўтказилган навбатдан ташқари сессияда Президент Шавкат Мирзиёев илгари сурган номзод вилоят ҳокими лавозимига тасдиқланди.

'Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 2 dekabr kuni Jizzax viloyatida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Undа viloyat hokimi vazifasini bajаrib kelаyotgan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoevning nomzodi ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Mustafoev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga rasman tasdiqlandi. Davlat rahbari yangi hokim oldiga 2026 yil uchun bir qator aniq vazifalarni qo‘ydi: 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, eksport hajmini 500 million dollargа yetkazish, 175 ming kishini ish bilan ta’minlash va 15 ming oilani qashshoqlikdan chiqarish.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mustafoev 1968 yil 14 avgust kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan, bank sohasida va Markaziy bank tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

2016 yildan boshlab Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, so‘ng “O‘zbekenergo” AJ rahbari, shuningdek “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar