Bosh konsullik ma’lumoticha, so‘nggi kunlarda bir nechta o‘zbekistonlik Qozog‘iston davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib o‘tishga uringan.
Ular Qozog‘istonning vakolatli organlari tomonidan ushlangan va Jinoyat kodeksining 392 hamda 394-moddalari asosida javobgarlikka tortilyapti.
Qayd etilishicha, joriy yil sentyabridan Qozog‘istonda chegara buzilishi uchun jazo yanada kuchaytirilgan bo‘lib, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish chorasi belgilangan.
Bosh konsullik fuqarolardan noqonuniy sxemalarga aralashmaslikni, faqat ruxsat etilgan nazorat-o‘tkazish punktlaridan foydalanishni va umumiy tartiblarga amal qilishni keskin so‘ramoqda.
Bundan avval Aqto‘be viloyatida 54 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchragani ma’lum qilingandi.
Barcha yo‘lovchilar Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga vaqtincha joylashtirilib, ularga oziq-ovqat va zarur yordamlar ko‘rsatilmogda.
Fuqarolarni O‘zbekistonga boshqa avtobus orqali tezkor qaytarish chorasi ham ko‘rilmogda.






