AsosiyJamiyat

Havo yana 10 kun yomon bo'lishi mumkin

"O'zgidromet" inversiya kuchayishini ma'lum qildi.

'Havo yana 10 kun yomon bo'lishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda havo sifati yaqin 10 kun davomida yomonlashishi mumkin. Bunga sovuq antisiklon kuchayishi va uzoq muddatli inversiya sabab bo‘lmogda.

"O‘zgidromet"ning ma'lum qilishicha, 29 noyabrdan boshlab antisiklon ta'siri yanada kuchayib, atmosfera bosimi ko‘tariladi, havo harorati esa pasayadi. Tunlari sovuq, kunduzi esa nisbatan iliq havo kuzatilishi mumkin.

Tabiatdagi bunday tinch va sovuq antisiklon davrlarida ertalabki quyuq tuman tushishi, havoda chang va tutun miqdori ortishi tabiiy hol, deya qayd etdi mutaxassislar.

Inversiya jarayonlari kamida 5 dekabrgacha davom etishi kutilmogda. Shu davrda mayda muallaq zarracha – PM kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu esa havo sifati sezilarli darajada yomonlashtiradi.

Mutaxassislar avvalroq 24 noyabr kuni havo yaxshilanishi kutilganini eslatib, ammo yangilangan prognozga ko‘ra inversiya 29 noyabrdan keyin ham saqlanib qolishi mumkinligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar