AsosiyJamiyat

AQShdagı O'zbekiston fuqarolari ogohlantirilmogda

AQSh hukumatining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo'llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o'tkazilmogda.

'AQShdagı O'zbekiston fuqarolari ogohlantirilmogda'ning rasmi

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmogda.

Tekshiruvlar jarayonida quyidagilarga e‘tibor qaratilmogda:

  • Haydovchilik guvohnomalarining haqiqiyligi;
  • Hujjatlarning muddati va qonuniyligi;
  • Ish huquqi va migratsion maqom;
  • Haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi.

AQSh hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmogda. Ba‘zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmogda.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, TIV AQShda avtomobil boshqarayotgan fuqarolardan quyidagilarga amal qilishni so‘radi:

  • Hujjatlarni tartibga keltiring;
  • Qonuniy maqomingizni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zingiz bilan olib yuring;
  • Shubhali yoki muammoli holatlar bo‘lsa, darhol O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qiling.

    Boshqa yangiliklar