AsosiyJamiyat

Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi

Bunga prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

'Prezident Javohir Sindorovga uy sovgʻa qildi'ning rasmi

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi Javohir Sindorov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sovg‘asi — 3 xonali xonadon bilan taqdirlandi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Sportchi murabbiylari esa pul mukofotlariga sazavor bo‘ldi.

Shuningdek, milliy terma jamoa a’zosi Javohir Sanjarbekovich Sindorovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik iqtidorli shaxmatchi Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi finalida xitoylik grossmeyster Vey Yini tay-breykda 1,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, mamlakatimiz tarixida birinchi bo‘lib usbu musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Sindorov musobaqa davomida Nikita Petrov, Nikolas Teodoru, Yu Yangyi, Frederik Svane, Xose Martinez Alkantara va Nodirbek Yo‘qubboyev kabi kuchli raqiblarni yengib, finalgacha yetib keldi.

Uning usbu muvaffaqiyati Javohir Sindorovga 2026 yil mart oyida o‘tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Armaniston Solovyov bayonotlari ortidan Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 16:49

    Armaniston Solovyov bayonotlari ortidan Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

    Armaniston Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik teleboshlovchi va propagandachi Vladimir Solovyovning bayonotlari sabab Rossiyaning Yerevandagi elchisi Sergey Kopirkinni vazirlikka chaqirtirdi.

    'Aksilkorruptsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovni to‘yda pul olgani uchun jazolashni taklif qildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 16:32

    Aksilkorruptsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovni to‘yda pul olgani uchun jazolashni taklif qildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov to‘y marosimida qo‘shiq kuylab, mehmonlar tomonidan pul olayotgani aks etgan video tarqaldi.

    'Surxondaryoda fuqaro 16 qavatli uyning tom qismidan pastga tushib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 15:05

    'Тайландда ўзбекистонлик эркак вояга етмаган қизга тажовуз қилганликда гумонланиб ҳибсга олинди'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 11:09

    Тайландда ўзбекистонлик эркак вояга етмаган қизга тажовуз қилганликда гумонланиб ҳибсга олинди

    Phuket orolida 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 16 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanmoqda.

    'Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 07:51

    Surxondaryoda ayol va bolasini molxonada saqlaganlar sud hukmi o‘qildi

    5 oy davomida majburan saqlangan ayol va yangi tug'ilgan farzandiga zo'ravonlik qilganlarga jazo tayinlandi.

    'Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди'ning rasmi

    Jamiyat 12.01.2026 04:35

    Тожикистонга олиб ўтилаётган ноқонуний дори воситалари аниқланди

    Bekobodda "Farhod" chegara bojxona postida qiyati 1 mlrd so‘mdan oshiq dori vositalarining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.