AsosiyJinoyat

Fargʻonada tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyiy ish ochildi

Jinoiy ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

'Fargʻonada tuman hokimi oʻrinbosariga nisbatan jinoyiy ish ochildi'ning rasmi

Farg‘onada tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida daraxtlarning noqonuniy kesilganligi, ushu jarayonda tuman hokimi o‘rinbosari Ekologiya qo‘mitasi inspektorigа qarshilik ko‘rsatganligiga oid videoyozuvlar tarqalgan.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar ishtirokida ushu holat o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni Buvayda tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.X. mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab vakolatiдан chetga chiqib, Buvayda tumani "Nayman" mahallasidan o‘tgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlarni "D.S." MChJning ishchisi tomonidan kesilayotganligidan xabar topib, uni oldini olish chorasini ko‘rayotgan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Buvayda tuman bo‘limi inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasidan kechishga majbur qilib, hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajaraуotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmоqda.

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar