AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

"Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

O'zbekiston terrorchilik xavfi darajasi bo'yicha dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida e'tirof etildi. Avstraliyaning Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan e'lon qilingan 2025 yilgi "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, mamlakat mazkur ro'yhatda 90-pogonani egalladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xavfsizlik darajasi jihatidan O'zbekiston bir qator rivojlangan g'arb davlatlarini, jumladan AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya va Ispaniyani ortda qoldirgan. Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA hamda Tojikiston ham O'zbekistondan past o'rinlarda qayd etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Turkmaniston, Qozog'iston va Qirg'iziston 100-pogona atrofida joy olgani ma'lum qilindi.

Ekspertlar bu natijani mamlakatda xavfsizlikni ta'minlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash sohasida olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar samarasi sifatida baholamoqda. O'zbekistonning mazkur indeksda yuqori o'rinni egallashi xalqaro maydonda ham mamlakat imijini yanada mustahkamlamoqda.

    Boshqa yangiliklar