O'zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze CNN Indonesia'ga bergan izohida Indoneziya futbol federatsiyasi bilan muzokaralar o'tkazmoqdaligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, Jakartaga kelishdan maqsad – turizm sohasida berilan taklifni hurmat qilish bo'lgan.
"Men bu erga turizm bo'yicha taklif hurmati uchun keldim. Indoneziya terma jamoasining murabbiyligi haqida muzokaralar rejalashtirilmagan", — dedi Kapadze.
Murabbiy Jakartadagi "Istiqlol" masjidiga tashrifi, juma namozi va shahar bilan tanishuvi uni kuchli taassurotga solganini qo'shimcha qildi. U Indoneziya va O'zbekiston o'rtasidagi o'xshashliklar, ayniqsa diniy urf-odatlar yaqinligi uni xursand qilganini ta'kidladi.






