AsosiyDunyo

Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Trump Sauudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuv chog‘ida mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan investitsiyalar miqdorini 1,5 trln dollargacha oshirish taklifini ilgari surdi. Trumpga ko‘ra, bu taklif ularning birgalikdagi suratga tushish jarayonida aytilgan.

Davlat rahbarining aytishicha, valiahd shahzoda taklifni darhol tasdiqlamagan, biroq "o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘lgan jihatlar" borligini bildirgan. Shunga qaramay, Trump AQSh bu muzokaralar natijasida "nimadir olishi"ga umid qilayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Trump bin Salmon AQShga 600 mlrd dollar investitsiya kiritishga rozilik bildirgani, bu miqdor 1 trln dollargacha etishi mumkinligini aytgandi.

Shuningdek, AQSh Sauudiya Arabistoniga yangi avlod mikrochiplarini yetkazish bo‘yicha ruxsatnoma ustida ishlayotgani ham qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar