AsosiyJamiyat

O'zbekistondan chiqishda QQSni naqd qaytarish tizimi joriy etiladi

2026 yildan chet ellik sayyohlar xarid qilib ketgan tovarlar uchun toʻlangan soliqni naqd pulda qaytarib olishi mumkin boʻladi.

'O'zbekistondan chiqishda QQSni naqd qaytarish tizimi joriy etiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi yengilliklar tasdiqlandi.

2026 yil 1 fevraldan boshlab, mamlakati-mizga kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistondan chiqib ketar ekan, o‘zlari xarid qilgan tovarlar uchun to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘ini istakka ko‘ra naqd pul ko‘rinishida qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, bu tizim turizm sohasidagi raqobatbardoshlikni oshirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha impuls berishni maqsad qiladi.

Prezident tomonidan turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi tashabbuslar O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va sohani strategik tarmoq sifatida yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:58

    'Yunusoboddagi bog'ni "yo'q" deb ko'rsatgan ekologiya bo'limi rahbari jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:29

    Yunusoboddagi bog'ni "yo'q" deb ko'rsatgan ekologiya bo'limi rahbari jazolandı

    Tumandagi "Adolat" mahallasidagi bog‘ bo‘yicha noto‘g‘ri bildirgi bergani uchun ekologiya bo‘limi boshlig‘iga hayfsan va 30 foizlik jarima qo‘llandi.

    'Prezident Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:31

    Prezident Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, mashhur rejissyor va teleboshlovchi Mirabbos Mirzaahmedov 84 yoshida vafot etdi.

    'Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Sindorov va Yoʻqubboyev Jahon kubogi yarim finaliga yoʻl oldi

    Go‘ada o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi–2025 chorak finalida Javohir Sindorov va Nodirbek Yo‘qubboyev raqiplarini mag‘lub etdi va tarixda ilk bor ikki o‘zbek shaxmatchisi bir vaqtning o‘zida yarim finalga chiqdi.

    'Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

    DHX va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro viloyatida 343 gramm simobni 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi.

    '“Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:26

    “Otalar so‘zi” boshlovchisi vafot etdi

    Bu haqda jurnalist Sevdo Niyozova o‘zining Facebook sahifasida yozdi.