AsosiySiyosat

Qashshoqlikni qisqartirish bo‘yicha mas’uliyatsizlik: 261 nafar rahbar ishdan olindi

Yil boshidan buyon 750 dan ortiq mutasaddiga chora ko‘rildi, 400 ming ogir ahvoldagi oila diqqat markazida qolmokda.

'Qashshoqlikni qisqartirish bo‘yicha mas’uliyatsizlik: 261 nafar rahbar ishdan olindi'ning rasmi

Yil boshidan beri qashshoqlikni qisqartirish va bandlik bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan 261 nafar mas’ul ishdan olingani, yana 492 nafari intizomiy jazoga tortilgani ma’lum qilindi.

Rasmiylarga ko‘ra, hali ham yordamga muhtoj 400 mingdan ortiq oila eng og‘ir qatlam sifatida turibdi.

“Bu oilalarni qashshoqlikdan chiqarish uchun viloyat va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, bandlik idoralari, bank rahbarlari, “mahalla yettilig‘i” o‘z dunyoqarashi va ish usulini tubdan o‘zgartirishi shart”, – dedi davlat rahbari.

Kelgusi yilda qashshoqlik va ishsizlik darajasini kamida 4,5 foizga qisqartirish mutasaddilarning asosiy vazifasi etib belgilandi. Shuningdek, iqtisodiyotga 450 trillion so‘m kredit yo‘naltiriladi. Uning 140 trillion so‘mi mahalladagi kichik va o‘rta loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar