Rossiyada nikohni bekor qilganlar uchun qo‘shimcha jarima joriy etish taklif etildi. "Yedinaya Rossiya" deputati Mixail Ivanov ajrim uchun 40 ming rubl, nikohdan o‘tayotgan fuqarolarga esa 20 ming rubl to‘lash tartibini joriy etishni taklif qilgan. Deputатga ko‘ra, bu cheklangan byudjet sharоitida oilalar sonini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Ivanov, shuningdek, qonunchilikka "onalik va bolalikni obro‘sizlantirish"ni taqiqlovchi me’yor kiritish zarurligini aytgan. Oilа siyosati borasida federal darajada ham muhokamalar kuchaygan – ayni paytda ajrashgan ota-onalarni bolani birgalikda tarbiyalashga majburlovchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada ajrimlar soni so‘nggi yillarda keskin oshgan. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 644 mingtagacha kamaygan bo‘lsa-da, nikohlar soni ham pasaygan. 2025 yildan esa ajrashish boji 650 rubldan 5000 rublgacha oshirilgan bo‘lib, bu "rus oilalarini mustahkamlash" chorasi sifatida baholanmoqda.






