AsosiyJinoyat

Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.

'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

Xovos tumanida bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi MChJ dalasidan polietilen sellofan o‘g‘irlangani haqida IIBga murojaat tushgach, bo‘limning podpolkovnik va mayor unvonidagi ikki nafar katta tezkor xodimi 4 fuqaroni majburan bo‘limga olib ketgani ma’lum bo‘ldi.

Tezkor xodimlar ularni "qamab qo‘yish" bilan qo‘rqitib, ishni to‘xtatish evaziga 55 mln so‘m talab qilgan. Keyinroq "zararni qoplash" uchun 24 mln so‘m olgani aytilmoqda. Shuningdek, jinoyat ishi qo‘zgatmaslik va hujjatlarni ma’muriy javobgarlikka moslab sudga yuborish uchun qo‘shimcha 11 mln so‘m talab qilishgan.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 11 mln so‘mni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ularga nisbatan JKning 210-moddasi (pora olish) 2-qismi "v", "g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, "qamoq" ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.11.2025 18:58

    Toshkent shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmоqda.

    'Toshkentda noqonuniy oltin savdosi toʻxtatildi'ning rasmi

    Jinoyat 17.11.2025 09:27

    Toshkentda noqonuniy oltin savdosi toʻxtatildi

    Tezkor tadbirda 475 gramm quyma oltinni sotmoqchi bo'lgan 3 nafar fuqaro ushlandi.

    'Samarqandda meros mojarosi: aka-uka opasini o‘ldirib, 15 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 12.11.2025 13:45

    Samarqandda meros mojarosi: aka-uka opasini o‘ldirib, 15 yilga qamaldi

    Samarqand shahrida ota-onadan qolgan merosni boʻlishish masalasida kelib chiqqan nizoda aka-uka opasini oʻldirgan.

    'Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 12.11.2025 07:33

    Jizzaxda FVB boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi

    6 million so‘m va 200 dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga olindi.

    'Fargʻonada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 07.11.2025 20:51

    Fargʻonada sifatsiz dorilarning katta partiyasi qoʻlga olindi

    Umumiy bahosi 163,6 million so‘mlik mahsulot ushlab qolindi.