Yangi normalarga ko‘ra, dipfeyk yaratganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda "Orda" nashri xabar berdi.
Ma'lumot uchun, dipfeyk – sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida real inson yuzi, ovozi yoki harakatlarini boshqa foto, video yoki audio materialga sun'iy ravishda joylashtirish orqali yaratilgan soxta kontentdir.
Qonunga muvofiq, SI mahsulotini ishlab chiqish va foydalanishda ularning tizimdan foydalanishdagi roliga qarab javobgar hisoblanadi. Shuningdek, sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan kontent maxsus belgilanishi shart.
Shu bilan birga, SI tizimlari egalari xavfsizlik va xavflarni boshqarish uchun ham javobgar bo‘ladi. Qozog‘iston hududida manipulyativ usullardan foydalanish, qonunlarga zid ravishda shaxsiy ma'lumotlarni to‘plash yoki qayta ishlash imkonini beradigan tizimlarni yaratish va ishlatish taqiqlandi.
"Forbes" yozishicha, To‘qayev imzolagan hujjat, shuningdek, mamlakatda ta'minlanmagan raqamli aktivlar aylanishini tartibga soladi. Ilgari bu kabi aktivlar aylanishiga faqat "Ostona" xalqaro moliya markazi hududida ruxsat berilgan edi.






