AsosiyBu qiziq

Markaziy Osiyo etakchilarining imzolari ularning xarakteri haqida nimalarni aytadi?

Tarmoqlarda mintaqa rahbarlarining imzolari muhokama qilinib, "kimniki chiroyli?" degan hazil bahs ham paydo bo'ldi.

'Markaziy Osiyo etakchilarining imzolari ularning xarakteri haqida nimalarni aytadi?'ning rasmi

Tarmoqlarda mintaqa rahbarlarining imzolari muhokama qilinib, “kimniki chiroyli?” degan hazil bahs ham paydo bo‘ldi. Ammo grafologlar fikriga ko‘ra, qo‘ltamg‘a nafaqat chiroy, balki egasining xarakteri, boshqaruvdagI yondashuvi va ichki holati haqida ham ma’lumot beradi. “Til va adabiyot ta’limi” metodik jurnalI bosh muharriri Farruh Jabborbek imzolar bo‘yicha quyidagi tahlillarni taqdim etdi.

Tartib, aniqlik va o‘zini nazorat qila olish Qozog‘iston rahbarining imzosi bir maromda, aniq va tekis yozilgan. Bu muvozanatli xarakter, o‘ziga ishonch va vaziyatdan chiqmay ishlashga moyillikni anglatadi. O‘rtacha bosim esa ehtiyotkorlik va moslashuvchanlikni bildiradi.

Kuchli iroda va jadal boshqaruv Qirg‘iziston yetakchisining imzosi zich, bosimi kuchli va bosh harfi yaqqol ko‘rinadi. Bu qat’iyat, ichki kuch va hissiy tebranishlarga berilmaslikni ifodalaydi. Yirik chiziqlar esa tez fikrlash, tafsilotlarga kam e’tibor va yuqori sur’atda qaror qabul qilishga moyillikni anglatadi.

Hissiyotga boy, ijodkorlikka moyil xarakter Tojikiston rahbarining imzosi murakkab, gajakli va bosim bilan yozilgan. Grafologlar bunday shaklni hissiyot kuchi, ijodiy fikrlash va tezkor qarorlar bilan bog‘laydi. Qat’iyat va sobitlik alomatlari ham ko‘zga tashlanadi.

Erkin fikrlash va tavakkal qilishga moyillik Turkmaniston prezidenti imzosida erkin chiziqlar, markazda g‘ujanak shakllar mavjud. Bu ekstravertlik, mustaqillik va tez fikrlashni anglatadi. Tafsilotlarga unchA berilmaslik va ba’zan keskin qarorlar qabul qilish ehtimoli ham talqinda ko‘rsatilib o‘tiladi.

Barqaror, ishonchli va izchil boshqaruv O‘zbekiston yetakchisining imzosi aniq, tushunarli va tartibli. Chiziqlar yuqoriga intilishi bilan ajraladi. Bu o‘ziga ishonch, maqsadga intilish, izchillik va barqaror xarakterni bildiradi. Silliq shakllar esa muvozanat va hissiy mustahkamlikni anglatadi.

Grafolog tahliliga ko‘ra, mintaqa rahbarlarining imzolarida “o‘zim bo‘lay” degan keskin ambitsiya sezilmaydi. Bu esa Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun muhim omil sifatida qayd etiladi.

    Boshqa yangiliklar