Samarqand viloyati IIB YXHB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa joriy yilning 15 noyabr kuni soat 14:05 da Samarqand shahrining "Nodirabegim" va "Chўlpon" ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
Damas haydovchisi ikkinchi darajali yo‘lga chapga burilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Onix avtomobiliga yo‘l bermagan, natijada to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Ushbu YTH natijasida Damas'ning ikki yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ulardan biri vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






