AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati soliq boshqarmasi inspektori jinoyat ustida qo‘lga olindi.

'Toshkent viloyatida soliqchi 5 ming dollar pora olayotganda ushlanib qolindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati Soliq boshqarmasining sayyor soliq tekshiruvlari bo‘limi katta inspektori xizmat mavqeidan foydalangan holda Angren shahrida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaligidan pora talab qilgan.

U o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvini “ijobiy hal qilish” hamda bir yil davomida soliq organlari tomonidan qayta tekshiruv o‘tkazilmasligi evaziga xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSh dollarini so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor ushbu pulni olayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qariyb 1 mlrd so‘mlik xorijiy valyutaning chetga chiqishi to‘xtatildi'ning rasmi

    Jinoyat 06.12.2025 14:59

    Qariyb 1 mlrd so‘mlik xorijiy valyutaning chetga chiqishi to‘xtatildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Hokimlik tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 05.12.2025 08:14

    Hokimlik tizimida korrupsiya holatlari fosh etildi

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    'АҚШда террорчиликда гумон қилинган ўзбекистонлик қўлга олинди'ning rasmi

    Jinoyat 04.12.2025 09:20

    АҚШда террорчиликда гумон қилинган ўзбекистонлик қўлга олинди

    U "eng xavfli" toifadagi shaxslar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, hozirda Nyu-Jersidagi hibsxonada saqlanmoqda.

    'Gulistondagi oshxonada gaz portlashi ortidan 3 kishi halok boʻldi.'ning rasmi

    Jinoyat 03.12.2025 11:54

    'Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 01.12.2025 08:13

    Hokim yordamchishi ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, pora talab qilganlikda ayblanib ushlandi

    Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali viloyat boshqarmasiga ishga joylab qo‘yishni va’da qilgani, buning evaziga esa 2 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 28.11.2025 19:17