O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanib kelgan vatandosh sud qarori bilan erkinlikka chiqqan.
Konsulxona xabariga ko‘ra, diplomatlar 16 oktyabr kuni Sakarya viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurib, hibsda saqlanayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Ular bilan huquqiy maslahatlar o‘tkazilib, advokatlar bilan ham alohida suhbatlar tashkil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlashda gumonlanib, 2024 yildan buyon qamoqda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.






