AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari uchrashdi

Xo'sh, ular nimanini muhokama qildi?

'Oʻzbekiston va Serbiyaning birinchi xonimlari uchrashdi'ning rasmi

Kecha, 29-oktabr kuni O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva va Serbiya Respublikasining Birinchi xonimi Tamara Vuchich o‘rtasida Toshkent shahrida samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, gumanitar va madaniy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari ikki mamakat o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va do‘stlikni mustahkamlashiga ishonch bildirildi.

Suhbatdan so‘ng, O‘zbekiston Birinchi xonimi mehmonga O‘zbekiston xalq amaliy san’ati va an’analarini aks ettiruvchi maxsus madaniy dastur taqdim etildi.

Uchrashuv do‘stona va ishonchli muhitda o‘tib, ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan qat’iy iroda yana bir bor tasdiqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 20:16

    'Serbiya prezidenti Mirziyoyev haqida gapirdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 16:23

    Serbiya prezidenti Mirziyoyev haqida gapirdi

    Xo'sh, u O'zbekiston yetakchisi haqida qanday fikr bildirdi?

    'Finlandiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 12:40

    Finlandiya Prezidenti O‘zbekistonga keladi

    Aleksandr Stubb O'zbekiston yetakchisi bilan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:45

    'O'zbekiston va Serbiya o'rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?'ning rasmi

    Siyosat Bugun 07:09

    O'zbekiston va Serbiya o'rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

    Ikkki davlat yetakchilari Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 28.10.2025 20:14