O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi. Suhbat davomida ikki tomonlama aloqalar, ayniqsa, “yashil” iqtisodiyot, irrigatsiya va ijtimoiy loyihalardagi hamkorlik alohida ta’kidlandi.
Mirziyoyeva ETTBning “Women in Business” va “Youth in Business” dasturlari hamda Qoraqalpog‘istondagi barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholadi. Uchrashuvda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi ishonch va hamjihatlik muhiti qayd etildi.
“Ishonchim komilki, ETTB bilan sheriklik O‘zbekiston va butun mintaqa taraqqiyotiga xizmat qiladi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.