AsosiyDunyo

Suriyada yangi valyuta muomalaga chiqariladi

Oltita yangi turdagi banknotalarda tasvirlar va ramzlar bo‘lmasligi aytilgan.

'Suriyada yangi valyuta muomalaga chiqariladi'ning rasmi

Suriyada milliy valyuta modernizatsiya qilinib, tasvirlar va ramzlar bo‘lmagan oltita yangi turdagi banknotlar seriyasi muomalaga chiqariladi. Bu haqda joriy yilning 8 oktyabr kuni Suriya Markaziy banki raisi Abdulqodir Xusariye SANAga bergan intervyusida xabar berdi.

Xusariyega ko‘ra, yangi banknotlar turli o‘lchamlarda – kichik, o‘rta va yirik shakllarda bo‘ladi. Suriya milliy valyutasini zamonaviyalshtirish doirasida tasvirlar va ramzlarsiz oltita yangi banknota seriyasi chiqariladi.

“Yangi banknotalar ularni tekshirishni osonlashtiradigan tarzda ishlab chiqilgan va xalqaro standartlarga mos keladi”, — deyiladi xabarda.

Bosib chiqarish va tarqatish jarayoni yakunlangach, banknotalar haqidagi barcha tafsilotlar e’lon qilinadi. Markaziy bank rahbarining ta’kidlashicha, yangi banknotalar muomaladagi eskirgan pullarning o‘rnini egallaydi, biroq umumiy pul massasini oshirmaydi.

“Bu – modernizatsiya yo‘lidagi qadam. U pul massasini kengaytirishga emas, balki pul bozoridagi likvidlikni tartibga solish va narxlar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan maqsadli pul-kredit siyosatining bir qismidir. Biz bu siyosatni amalda tatbiq etamiz”, — deydi Abdulqodir Xusariye.

Qayd etish joiz, 2024 yilda Suriyada hokimiyat almashinuv yuz bergani. O‘tgan yilning noyabr oyi oxirida muxolifatning qurolli otryadlari Suriya armiyasi pozitsiyalariga hujum boshladi, mamlakatning ikkinchi muhim shahri Halabni egalladi va 8 dekabr kuni Damashqqa kirdi. Bashar Asad prezidentlik vakolatlarni topshirdi va mamlakatni tark etdi. Yangi Suriya ma’muriyati rahbari Ahmad ash-Shara joriy yilning 29 yanvarida o‘tish davri prezidenti sifatida e’lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar