Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida avtomashina piyodani urib, voqea joyidan qochib ketganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati IIB JXX YXHX rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko'ra, Samarqand shahar hududidan o'tuvchi A-378 avtomobil yo'lining piyodalar o'tish joyida "Trasker-2" rusumli transport vositasi haydovchisi piyodalar o'tish joyidan o'tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolganligi haqidagi xabarlar tasdiqini topdi.
Mas'ullarning bergan ma'lumotiga ko'ra, haydovchi va transport vositasi tezda topilib, unga nisbatan qonuniy tartibda chora ko'rilgan hamda avtomashina jarimalar maydonchasiga joylashtirilgan.
Barcha haydovchilardan piyodalarga e'tiborli bo'lishlari va yo'l harakati qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini so'raymiz, deyiladi habarda.