AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi

Qoidabuzar iste'molchilarga chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

'O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 81 mlrd so‘mlik "svet" va gaz talon-toroj qilindi'ning rasmi

Joriy yil sentyabrida O‘zbekistonda 80,5 milliard so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda O‘zenergoinspektsiya xabar berdi. 

O‘tgan oyda inspektsiya o‘tkazgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 219 ta holat aniqlandi.

“Unga ko‘ra, 33,6 million kVt/soat elektr energiyasi (52 milliard so‘m) va 9,4 million metr kub tabiiy gaz (28,3 milliard so‘m) talon-toroj qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 80 milliard 473 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Shu bilan birga, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 546 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:48

    Angrenda yuk mashinasi va Matiz to‘qnashib, yongʼin chiqdi

    Toshkent viloyati FVB hodisa tafsilotlarini ochiqladi.

    'Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Jizzahda sifatsiz benzin sotayotgan AYQSh aniqlandi

    AQShda sotilayotgan AI-92 benzin laboratoriyada tekshirilganda davlat standart talablariga mos kelmagan.

    'Bugun havo biroz sovidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    Bugun havo biroz sovidi

    5 oktyabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    'O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 22:04

    O‘zbekistonda ikki kun kuchli magnit bo‘roni kutilmoqda

    Mutaxassislar aholini ertalab va kunduzgi vaqtda qo‘shimcha ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

    'Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 19:51

    Samarqandda Tracker-2 piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi

    Viloyat rasmiylari holat yuzasidan ma’lumot berishdi. Unga ko‘ra...

    'Toʻrtta viloyatda mansabdorlar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2025 15:33

    Toʻrtta viloyatda mansabdorlar pora bilan qoʻlga tushdi

    Namangan, Farg'ona, Samarqand va Toshkentda bir guruh mansabdorlar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.