24 sentabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va AQSh Prezidenti Donald Tramp BMT bosh qarorgohida muzokaralar o‘tkazdi. Suhbatda ikki mamlakat strategik sherikligini kengaytirish va muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotlar, iqtisodiy hamkorlik, investitsiya va ishbilibmonlik aloqalari yuzasidan fikr almashildi. Prezident Tramp O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatladi, Mirziyoyev esa AQSh yetakchisini mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.
Fuqaro aviatsiyasi, mineral resurslar, energetika, innovatsiyalar va moliya sohalarida shartnomalar portfeli shakllantirilgani ta’kidlandi. Bu loyihalar ikki mamlakatda minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishi qayd etildi.
Muzokaralar do‘stona va ochiq ruhda o‘tgani bildirildi.






